ELEKTROMAGNITIZM HODISALARINI O‘RGANISHDA GEOGEBRA VA PHET SIMULYATSIYALARIDAN FOYDALANIB FANLARARO BOG‘LIQLIKNI TA’MINLASH
Keywords:
elektromagnitizm, GeoGebra, PhET simulyatsiyalari, fanlararo integratsiya, STEAM ta’lim, raqamli modellashtirish, vizualizatsiyaAbstract
Ushbu maqolada elektromagnitizm hodisalarini o‘qitishda GeoGebra va PhET Interactive Simulations dasturiy vositalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Elektr va magnit maydonlar, elektromagnit induksiya, Lens qonuni kabi mavzularni vizual modellashtirish orqali o‘quvchilarning fizik hodisalarni tushunishi va matematik, texnik hamda axborot texnologiyalari fanlari bilan fanlararo bog‘liqlikni idrok etishi imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari raqamli simulyatsiyalarning o‘quv jarayoniga integratsiyasi o‘quvchilarning fanga qiziqishini va bilim sifatini oshirishini ko‘rsatadi.










